«o‘zbek tili oyligi» tegli maqolalar


Yangi o‘zbek alifbosi qanday bo‘lishi kerak?
31 oktabr 2022, 12:00 1

Yangi o‘zbek alifbosi qanday bo‘lishi kerak?

«O‘zbek tili oyligi»ning so‘nggi maqolasi muallifi Akmal Sohibov shunday yozadi: «Aksar chet so‘zlarini rus tili va kirill alifbosi orqali olib, yangi o‘zbek alifbosida yozmoqdamiz. Bu amaliyotdan voz kechish payti keldi. Endi «vositachi» tillarni chetga surib, o‘zbek tili imkoniyatlaridan keng foydalanish shart».

Ikki tillilik? Chala tillilik!
30 oktabr 2022, 12:00

Ikki tillilik? Chala tillilik!

Yozuvchi Xurshid Davron 1989 yilda ikki tillilikka qarshi shunday degandi: «Ma’rifatli siyosatchi o‘z xalqini aldash yo‘lidan bormaydi. U aldangan xalq qalbida faqat qahr-g‘azab to‘planishini, ishonchi toptalgan xalqda oldga harakat qilish zavqi so‘nib borishini, uning ijodkorlik quvvati susayishini biladi».

Amerikadan kelib o‘zbek tilini o‘rganishadi. Biz esa…
29 oktabr 2022, 12:00

Amerikadan kelib o‘zbek tilini o‘rganishadi. Biz esa…

«20−30 yillarda savodsizlikni tugatish harakati bo‘lgan edi. Hozir savodsizlikka qarshi kurash lozim bo‘lib qoldi». Tohir Malikning 33 yil avvalgi ushbu so‘zlari bugun ham dolzarbligini aslo yo‘qotmagan. U Amerikadan kelib o‘zbek tilini o‘rganishayotgani, biz esa tomoshabin bo‘lib turganimizni ham qayd etgandi.

«Yillar o‘tib o‘zbek tilini o‘rganish kurslarini boshqalar uchun emas, o‘zimiz uchun qayta tiklashimizga to‘g‘ri keladi»
28 oktabr 2022, 12:00

«Yillar o‘tib o‘zbek tilini o‘rganish kurslarini boshqalar uchun emas, o‘zimiz uchun qayta tiklashimizga to‘g‘ri keladi»

Ahmadjon Meliboyev 2019 yilda o‘zining maqolasida shunday deb yozgandi: Til — tirik, harakatchan vujud, u ham xuddi inson kabi parvarishga, e’tibor, mehrga muhtoj. Bu haqiqatni unutadigan bo‘lsak, yillar o‘tib o‘zbek tilini o‘rganish kurslarini boshqalar uchun emas, o‘zimiz uchun qayta tiklashimizga to‘g‘ri keladi.

“Davlat tili: 33 yillik javobsiz savol”. Faqat 21-oktabrdagina eslanadigan muammolar
27 oktabr 2022, 12:00

“Davlat tili: 33 yillik javobsiz savol”. Faqat 21-oktabrdagina eslanadigan muammolar

Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganiga 33 yil bo‘ldi. Avvaliga qadamlar dadil tashlandi, keyinchalik esa qonun qayta-qayta tahrilanadigan, vazifalar ortga suriladigan, sal o‘tib amalga oshmaydigan bo‘lib qoldi. “Gazeta.uz” 21-oktabrdagina eslanadigan o‘zbek tili haqida ziyolilar fikrini so‘radi.

Avlodlar ta’nasiga qolmaylik
26 oktabr 2022, 12:00

Avlodlar ta’nasiga qolmaylik

Afsuski, biz sovet davri kishilari ota-bobolarimiz izidan borish o‘rniga, yuzlab yillik tarixga ega Xo‘jand, So‘fimiyon, Eshonxo‘ja singari qishloqlarning nomlarini o‘zimizning tilu dinimizga yot nomlar bilan atadik. Bularning barchasiga birinchi navbatda ziyoliman deb bo‘yinbog‘ taqib yurganning har biri aybdordir.

«Imloviy dangasalik» yoxud o‘zbek tilining haqiqiy alifbosi qanday bo‘lishi kerak edi?
25 oktabr 2022, 12:00

«Imloviy dangasalik» yoxud o‘zbek tilining haqiqiy alifbosi qanday bo‘lishi kerak edi?

«Jamiyatimizning ba’zi vakillarida bugungi kunda ham eskirgan kirillni saqlab qolish hissining mavjudligini ulardagi ona tili tushunchasidagi imloviy bo‘shlig‘i bilan izohlash mumkin», degandi Mehroj Usmonov. U ushbu maqolada o‘zbek tilining haqiqiy alifbosi qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritadi.

O‘zbek talaffuzi
24 oktabr 2022, 12:00

O‘zbek talaffuzi

Adabiy tilni mukammallashtirishda qaysi tamoyillar ustunlik qiladi? Umummilliy talaffuz qanday bo‘lishi kerak? Zuhriddin Isomiddinov 2015 yilda ushbu savollarga izlash asnosida yozgan maqolasida o‘zbek talaffuzi ingichkalashib ketayotganini tanqid qilgandi. So‘z — o‘zbekcha, jumla tuzilishi — ruscha, degandi u.

«O‘zbekistonning qayerida o‘zbek tili qo‘llanmayotgan ekan, o‘sha joyga hali istiqlol yetib bormabdi»
23 oktabr 2022, 12:00

«O‘zbekistonning qayerida o‘zbek tili qo‘llanmayotgan ekan, o‘sha joyga hali istiqlol yetib bormabdi»

O‘zbekistonning qayerida o‘zbek (turkiy) tili qo‘llanmayotgan ekan, o‘sha joyga hali istiqlol yetib bormabdi, degandi Abduqahhor Ibrohimov 1992 yilda yozgan maqolasida. Uning fikricha, o‘zbek tilining qaddini qonuniy o‘rniga ko‘tarish uchun ichki muxoliflarga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqish lozim.

Biz nega lotin yozuviga o‘tyapmiz?
22 oktabr 2022, 12:00

Biz nega lotin yozuviga o‘tyapmiz?

Alifboni isloh qilishning ikki yo‘li bor edi: kirill yozuvini takomillashtirish yo birato‘la yangi alifboga o‘tish. Kirill yozuvini saqlab qolish to‘g‘ri yechim bo‘lolmasdi. Agar afzal tarafi bo‘lsa, biryo‘la yangi yozuvdagi alifboga o‘ta qolgan tuzuk. Bu so‘zlar Sultonmurod Olimning 2000-yildagi maqolasidan olindi.

Tilimizda og‘riq bormi?
21 oktabr 2022, 12:00 1

Tilimizda og‘riq bormi?

«Gazeta.uz» so‘roviga ko‘ra professor Baxtiyor Mengliyev 21 oktabr sanasiga bag‘ishlangan maqolani taqdim etdi. Unda muallif bugungi kunga kelib yuzaga kelgan muammolar haqida so‘z yuritgan. Uning fikricha, o‘zbek tilini Internet tiliga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tashabbus darajasida qolmoqda.

O‘zbekistonda hatto itni sevuvchilar jamiyati bor. Lekin negadir o‘zbek tili ko‘ngilli jamiyati yo‘q
20 oktabr 2022, 12:00

O‘zbekistonda hatto itni sevuvchilar jamiyati bor. Lekin negadir o‘zbek tili ko‘ngilli jamiyati yo‘q

Davlat tili martabasi berilganidan so‘ng xursand bo‘lib xotirjamlikka berildik. Ko‘cha nomlarini o‘zbekchalashtirish bilan ko‘p narsaga erishib bo‘lmaydi. Ona tilimizni asl holiga keltirish uchun hali juda ko‘p mehnat qilish kerak. Tohir Malikning ushbu fikrlari oradan 32 yil o‘tsada, hanuz dolzarbligicha qolmoqda.

«Insonning kim ekanligi uning bir og‘iz so‘zidanoq ma’lum bo‘lib qoladi»
19 oktabr 2022, 12:00

«Insonning kim ekanligi uning bir og‘iz so‘zidanoq ma’lum bo‘lib qoladi»

Insonning kim ekanligi, ichki dunyosi uning bir og‘iz so‘zidanoq ma’lum bo‘lib qoladi. Zero, maqolda aytilganadek, ovqat ta’mi tuz bilan, odam ta’mi so‘z bilan. Mazkur fikrni 2007 yilda Shodmon Otabek o‘zbek tilini bilsada, xorijiy tillarda so‘zlashuvchi ayrim odamlarni tanqid qila turib yozgandi.

«Tilimiz boy, ammo lug‘atimiz qashshoq»
18 oktabr 2022, 12:00

«Tilimiz boy, ammo lug‘atimiz qashshoq»

Darhaqiqat, ko‘p tilli bu kurrai zaminda o‘z tilini a’lo darajada bilgan va ko‘p tilni puxta o‘zlashtirgan xalq yutadi. Agar tilga hozrgidek munosabat davom etaversa, bir necha yildan keyin so‘z boyligimiz yonga solib yuradigan lug‘atga jo bo‘ladi-qoladi, deb yozgandi 2006 yildagi maqolasida Suyun Qorayev.

E’tibor berishlarini kutish befoyda — hayqirish kerak!
17 oktabr 2022, 12:00

E’tibor berishlarini kutish befoyda — hayqirish kerak!

Ona tiliga ehtiyoj sezmagan ijtimoiy sharoit tirik tilni ham o‘ldirishi mumkin. Xulosa aniq: xato qilishdan qo‘rqmay ona tilini faol nutqiy vaziyatda charxlash lozim. E’tibor berishlarini kutish befoyda — hayqirish kerak!, deb yozgandi Irisali Toshaliyev 1991 yildagi maqolasida.

Davlat tili to‘g‘risidagi qonun nega sust bajarilyapti?
16 oktabr 2022, 12:00

Davlat tili to‘g‘risidagi qonun nega sust bajarilyapti?

Davlat tili haqidagi qonun sustkashlik bilan amalga oshirilayotganining sababi muttasil nazoratning yo‘qligidir… Xullas davlat tili haqidagi qonunni amalga oshirish avvalo rahbariy tashkilotlarning harakatiga bog‘liqdir, deb yozgandi G‘anijon Abdurahmonov bundan 30 yillarcha muqaddam.

«Eng boy va eng baxtsiz» tilimiz
15 oktabr 2022, 12:00

«Eng boy va eng baxtsiz» tilimiz

Ona tilimiz tarixining yechimini kutayotgan nazariy va amaliy muammolari talaygina. Ularni ilmiy asosda hal etish o‘zbek adabiy tili rivojida yangi bosqichni boshlab beradi, deb yozgandi Umarali Normatov va Nasimxon Rahmon 2007 yilda. «Gazeta.uz» «O‘zbek tili oyligi» doirasida maqolani qayta e’lon qiladi.

«Shohmotchi bellashmaydi — dona suradi»
14 oktabr 2022, 12:00

«Shohmotchi bellashmaydi — dona suradi»

Alibek Rustamov 1990 yildagi maqolasida iboralarning noto‘g‘ri qo‘llanishini tanqid qilib, o‘ynab gapirsa ham, o‘ylab gapirish zarurligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «shohmotchi bellashmaydi — dona suradi», bundan Farg‘onacha bel ushlashib ko‘rishdilar, degan mazmun chiqadi. Maqolada bu kabi misollar talaygina.

Yigirma yildan beri shu gap! Shu manzara…
13 oktabr 2022, 12:00 1

Yigirma yildan beri shu gap! Shu manzara…

21 oktabr… Tilimizni ulug‘lab ma’ruza o‘qidim, uning qadim va boyligi, dunyodagi boshqa hech bir tildan qolishmasligini dalillashga urindim. Go‘yo buni bilib olishsa, ish pishadiyu odamlar til qadrini o‘z joyiga qo‘yadigandek. Yigirma yildan beri shu gap! Shu manzara, deb yozgandi Zuhriddin Isomiddinov 2015 yilda.

«O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir»
12 oktabr 2022, 12:00

«O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir»

Erkin A’zam 26 yil avval «ustuvor», «boqimonda», «lutfan», «qadamranjida», «tashrif buyurdi» kabi «g‘alati mashhur» iboralarni tanqid qilib, ular aslida boshqa ma’noni anglatishini ta’kidlagandi. Yillarga cho‘zilgan harakatsizlik sabab yot so‘zlar hali ham suhbat-muloqotlarimizda hukmron.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting